LA LIGADA NAVBATDAGI "O'G'RILIK"! VAR Lamin Yamalning golini bekor qilishda xato kadrni tanladimi?

Aslanov Jasurbek
20 yanv 2026
"Anoeta" stadionida kechgan bahsda yuzaga kelgan ofsayd bilan bog'liq vaziyat butun dunyo futbol jamoatchiligini oyoqqa turg'izdi

Archivo VAR nashrining xabariga ko'ra, yarim avtomatik ofsayd tizimi (SAOT) Lamin Yamalning golini ko'rib chiqishda qo'pol xatoga yo'l qo'ygan. "Real Sosedad" hamda "Barselona" o'rtasidagi bahsdan (2:1) so'ng VAR bo'yicha etirozlar paydo bo'ldi.


Muammo nimada?

Asosiy etiroz VAR hakamlari tomonidan tanlangan kadr (freym) bilan bog'liq. Qoidaga ko'ra, ofsayd chizig'i to'pga so'nggi bor tegilgan soniyada chizilishi kerak. Biroq e'lon qilingan suratlarda ko'rinib turibdiki:

Tanlangan kadr: VAR Kunde to'pga tegib bo'lgan, kechikib tanlangan kadrni ishlatgan.

Haqiqiy holat: To'pga oxirgi tegilgan soniyada Lamin Yamalning oyog'i chiziq ustida (ofsaydsiz holatda) turgan bo'lgan.

Natija: Kechikib olingan kadr tufayli Yamalning oyog'i ofsayddadek ko'ringan va gol bekor qilingan.



"Bu bolalar bog'chasi emas, bu La Liga!"

Ispaniyalik ekspertlar va "Barselona" muxlislari ushbu qarorni "navbatdagi o'g'rilik" deb atashmoqda. Texnologiyalar inson omilini kamaytirishi kerak edi, biroq kadrni tanlashdagi xatolik o'yin taqdiriga bevosita ta’sir ko'rsatdi. Archivo VAR nashri "SAOT Anoetada yana qovun tushirdi" deya keskin fikr bildirgan.


Hozircha La Liga rahbariyati yoki Hakamlar qo'mitasi ushbu vaziyat bo'yicha rasmiy bayonot bergani yo'q. Biroq ijtimoiy tarmoqlarda ushbu kadr bo'yicha bahslar tinmayapti.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Archivo VAR