

Bu haqda L'Équipe nashri xabar bermoqda.
Manba bergan ma'lumotlarga ko'ra, "qizil-ko'klar" "Bornmut"ning 19 yoshli fransiyalik hujumchisi Eli Krupiga qiziqish bildirmoqda. Biroq "olchalar" bir yil avval himoyachi Ilya Zabarniyni saqlab qololmaganidan keyin, iqtidorli forvard uchun yuqori narx talab qilishmoqchi. Krupining o'zi aynan Alvaresga muqobil variant hisoblanadi va bu nomzod bosh murabbiy Luis Enrike hamda sport direktori Luish Kampush tomonidan maqullangan. Futbolchi va uning atrofidagilar ham top-klubga o'tish variantini ko'rib chiqmoqda.
Shuningdek, parijliklar parallel ravishda "RB Leyptsig"ning o'ng qanot vingeri Yan Diomanda va "Monako"ning qanot hujumchisi Magnes Akliush transferi bo'yicha muzokaralar olib borayotgani takidlanmoqda. Darvozabon Lyuk Shevale jamoani tark etgan taqdirda, klub "Portu" golkiperi Diogu Koshtu nomzodini ko'rib chiqadi.
Joriy mavsumda Krupi "Bornmut" safida 35 ta o'yin o'tkazib, 13 ta gol urdi. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, uning bozor qiymati 40 million evroni tashkil qiladi. Klub bilan shartnomasi 2030 yilgacha amal qiladi. Diomanda hisobida 36 ta o'yin, 13 ta gol va 10 ta golli uzatma bor. Kot-d'Ivuar terma jamoasi vingerining taxminiy bahosi - 90 million evro. Uning Germaniya klubi bilan shartnomasi 2028 yilning yozida yakuniga etadi. Akliushning monegasklar bilan kelishuvi ham ikki mavsumdan keyin tugaydi. Fransiyalik futbolchi 43 ta o'yinda 7 ta gol urdi va 11 ta golli pas berdi. Futbolchining bozor qiymati - 50 million evro.



