

Filadelfiyadagi stadionda bo'lib o'tgan uchrashuv afrikaliklarning 2:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.
7-daqiqada Nikolya Pepe hisobni ochgan bo'lsa, 64-daqiqada u dublni rasmiylashtirib, tablodagi yakuniy hisobni o'rnatdi.
Kot-d'Ivuar terma jamoasi 6 ochko bilan "E" guruhida ikkinchi o'rinni egalladi va o'z tarixida ilk bor jahon chempionatining pley-off bosqichiga yo'llanma oldi.
Dik Advokat qo'l ostidagi Kyurasao terma jamoasi esa 1 ochko jamg'arib, guruhda so'nggi o'rinni band etdi.



