KXDR - O'zbekiston uchrashuvini bizga yaxshi tanish hakam boshqaradi

Narzulla Saydullayev
19 noya 2024, 12:44
Bugun JCH-2026 saralashi doirasidagi KXDR - O'zbekiston uchrashuvi bo'lib o'tadi.

KXDRga qarshi safar uchrashuvimiz Laos poytxati Ventyan shahrida o'tkazilishidan xabaringiz bor. Mazkur o'yinda kuvaytlik hakamlar brigadasi ishlaydi. Bosh hakam - Ahmad Al Ali, unga yurtdoshlari Alanezi Abdulhadi va Abbos Ahmad yordam beradi. To'rtinchi rasmiy hakam - Ammar Ashkanani. VARda esa Abulloh Jamali faoliyat olib boradi. 

Ahmad Al Ali sentyabr oyida Qirg'izistonga qarshi safardagi o'yinda ham bosh hakam bo'lgan edi.

KXDR - O'zbekiston uchrashuvi 19 noyabr Toshkent vaqti bilan 17:00 da “Lao” stadionida boshlanadi.





Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia