Kuman: "Barselona" murabbiyi doimo bosim ostida bo'ladi"

Aziz Tukhtamuradov
27 fev 2021, 08:09
"Barselona" bosh murabbiyi Ronald Kuman o'zining kelajagi haqida gapirdi.

-Agar "Barselona" sovrin yuta olmasa, klubdagi kelajagingiz so'roq ostida qoladimi?

-"Barselona" murabbiyi doimo katta bosim ostida bo'ladi. Agar yuta olmasam nimalar bo'lishini bilaman. Yillar davomida ishlayapman, aybni o'z bo'ynimga olaman. 

Mening kelajagimni muhokama qilish vaqti hali keladi, ammo men optimistik kayfiyatdaman", - dedi Kuman. 

Bu mavsumda "Barselona" Ispaniya Superkubogi finalida "Atletik"ka (2:3), Ispaniya Kubogi yarim finali dastlabki o'yinida "Sevilya"ga (0:2) yutqazdi. Shuningdek, bir necha kun oldin YCHL doirasida PSJga (1:4) imkoniyat boy berildi. 

Jamoa ayni paytda La Ligada uchinchi o'rinni egallab turibdi. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: AS