"Korintians" moliyaviy muammolar girdobida: Depay Braziliyani tark etishi mumkin

Sherzod Nurmatov
9 okt 2024
"Mundo Deporivo" xabariga ko'ra, "Korintians" niderlandiyalik hujumchi Memfis Depay bilan shartnomani muddatidan oldin bekor qilish variantini ko'rib chiqmoqda.

Braziliya terma jamoasida moliyaviy muammolar bor.

Depay shu yozda "Korintians"ga o'tdi. U Braziliya jamoasi safida bor-yo'g'i 4 ta o'yin o'tkazdi. U gol urolmadi, lekin ikkita golli uzatmani hisobiga yozib qo'ydi.

30 yoshli futbolchi "Atletiko"dan ketganidan keyin uzoq vaqt klubsiz yurgandi. 

Eslatib o'tamiz, Memfis Depayning klub bilan shartnomasi 2026 yilgacha mo'ljallangan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo