O'zbekiston – Eron uchrashuvini rossiyalik hakam boshqaradi

Sherzod Nurmatov
21 sen 2026, 14:45
FIFA kunlari doirasidagi o'rtoqlik o'yinlaridan o'rin olgan O'zbekiston va Eron milliy terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv rasmiylari ma'lum bo'ldi.

Mazkur bellashuvni rossiyalik FIFA hakami Kirill Levnikov boshqarib boradi. Unga qanotlarda hamyurtlari Dmitriy Ermakov va Andrey Vereteshkin yordam beradi.

Eslatib o'tamiz, milliy terma jamoaning Eronga qarshi bahsi 24 sentyabr kuni "Istiqlol" stadionida bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати