Kompani "Bavariya"ning musobaqadan chiqib ketganiga munosabat bildirdi

7 may 2026, 08:01
"Bavariya" bosh murabbiyi Vensan Kompani Chempionlar Ligasi 2025/2026 yilgi mavsumi yarim finalining javob o'yinidan keyin myunxenliklarning musobaqadan chiqib ketishi haqida gapirdi.

"Albatta, bunga ko'nikish qiyin. Biz qattiq kurashda yutqazdik. Biz parijliklardan yomonroq bo'lmadik, bunday o'yinlar mayda detallar bilan hal bo'ladi.

Birinchi taym biz uchun yaxshi o'tdi, men o'zimizni yaxshiroq his qildim va ko'pincha xavfli hujumlar uyushtirishimiz mumkin bo'lgan zonalarga chiqardik. Lekin PSJ uzun uzatmalarda juda yaxshi o'ynadi. Ular juda faol edi. Biz xavfli vaziyatlar yaratganimizga qaramay, ular bizga zarba berishga imkon bermadi.

Asosiy narsa hamisha energiyadir va jamoa yana buni ko'rsatdi. Afsuski, biz finalga chiqolmadik. Tan olishimiz kerakki, biz a'lo darajadagi raqibga qarshi o'ynadik. Chempionlar Ligasi biz uchun hozircha tugadi, lekin yana imkoniyatlar bo'ladi va bu men uchun ham yaxshi motivaciya. Ikki jamoa ham juda yuqori darajada o'ynadi. PSJda shuncha sifat borki, ular so'nggi ikki yilda Yevropaning eng yaxshi jamoasi bo'lgan bo'lishi mumkin. Biz ular bilan besh marta o'ynadik - ikki marta g'alaba qozondik, ikki marta yutqazdik va bir marta durang o'ynadik. Aytmoqchimanki, biz bor kuchimizni berdik. PSJni tabriklayman, lekin biz yana urinib ko'ramiz", - dedi Kompani myunxen klubi rasmiy saytiga.


Manba: Championat.com