Kompani: "Arsenal" - juda noqulay raqib. Oxirida tashabbusni boy berganimiz achinarli”

Sherzod Nurmatov
22 okt 2026, 18:25
"Bavariya" bosh murabbiyi Vensan Kompani Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining 3-turidan o'rin olgan "Arsenal"ga qarshi uchrashuv (2:2) yakunlarini sarhisob qildi.

"Hozir o'yinlar birin-ketin keladigan tig'iz palladamiz, shu bois bor e'tiborimizni keyingi bahsga qaratib ulgurganmiz. Bizga juda kuchli raqib ro'baro' keldi. O'z imkoniyatlarimiz bo'ldi, hatto o'yindan oldin kutilmagan darajada bir nechta o'ta xavfli vaziyatlarni yaratdik.

So'nggi daqiqalarda tashabbusni biroz boy berib qo'yganimiz achinarli bo'ldi. Bu bahsda g'alaba qozonish mumkin edi, ammo shuni unutmaslik kerakki, “Arsenal” - juda noqulay va qiyin raqib, shu sababli ularga qarshi o'yinda oldindan hech narsani kafolatlab bo'lmaydi.

O'yin yuqori shiddat ostida kechdi, yigitlar bor kuchlarini berishdi. Yakunda natija adolatli bo'ldi, shekilli. Endi esa Bundesligada ikkinchi o'rinda borayotgan jamoa kutib turibdi, ayni damda eng muhimi ham shu", – dedi Kompani.

"Bavariya" 5 ochko bilan Chempionlar Ligasi umumiy bosqich jadvalida 14-o'rinda bormoqda. Myunxenliklar navbatdagi turda 3 noyabr kuni safarda "Atletiko"ga qarshi maydonga tushadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Bayern & Germany