"Bavariya" Kompani "Arsenal"ga qarshi o'yingacha virusdan tuzalishiga umid qilmoqda

Aslanov Jasurbek
18 okt 2026, 18:32
"Bavariya" sport direktori Maks Eberl jamoa bosh murabbiyi Vensan Kompani Chempionlar Ligasining 3-turidan o'rin olgan "Arsenal"ga qarshi o'yinda (21 oktyabr) zaxira o'rindig'idan turib jamoani boshqara olishiga umid bildirdi.

- Chorshanba kuni bu hech qanday muammo tug'dirmaydi, deb taxmin qilyapman, - dedi Eberl L’Équipe nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o'tamiz, belgiyalik mutaxassis infekciya asoratlariga qaramay, Bundesliganing 6-turidan o'rin olgan "RB Leyptsig"ga qarshi o'yinda (6:1) ishtirok etgan edi. Bundan tashqari, Kompani sonidan engil jarohat ham olgan. O'yin davomida murabbiy o'z joyidan turmadi, maydondagi vaziyatlarga bosiqlik bilan munosabat bildirdi, jamoani esa uning yordamchilari faolroq boshqarib borishdi. Kompani "buqalar" bilan o'yindan keyingi matbuot anjumanida ham qatnashmadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: L’Équipe