"Klub uni shunchaki sotib olmagan". "Liverpul" sardori Virc haqida gapirdi

Sherzod Nurmatov
5 dek 2025
"Liverpul" sardori Virjil van Deyk jamoaning ko'p million dollarlik yarim himoyachisi Florian Virc haqida to'xtalib o'tdi.

Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisi yozda 125 million evroga sotib olingandi, ammo u o'shandan beri APLda atigi bitta golli harakatni (golli uzatma) amalga oshirdi.

"Bizning klubimiz uni sotib oldimi, demak, yaxshigina sabab bor: fikrimcha, u ajoyib, jahon darajasidagi o'yinchi. U bundan ham yaxshiroq bo'lishi mumkin, ammo bu vaqt talab etadi. U xotirjam bo'lishi va o'zini juda past baholamasligi kerak", – dedi van Deyk.

Virc "Sanderlend"ga qarshi o'yinda gol urdi, ammo uning APLdagi debyut goli "qora mushuklar" himoyachisiga avtogol sifatida yozildi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Guardian