

"Ha, men muzokaralar bo'layotganini tasdiqlay olaman. Hamma narsa juda tez sodir bo'ldi. Yulian iste'foga chiqdi. Germaniya futbol ittifoqi uning o'rnini bosadigan nomzod qidirmoqda va ular men bilan muzokara olib borishyapti.
Lekin buning uchun vaqt kerak. Menda Red Bull kompaniyasi bilan shartnoma bor. Men muzokaralardan manfaatdor ekanligimni aytgandim. Ular juda qizg'in kechadi, chunki gap faqat Yulian Nagelsmann haqida ketmayapti.
Shuningdek, men Oliver Minclaff bilan ham gaplashib olishim kerak, chunki u mening ish beruvchim hisoblanadi. Biz allaqachon bir nechta masalalarni muhokama qildik. Menimcha, u bunga to'sqinlik qilmaydi. Men u yerda 19 oydan beri ishlayapman. Bu juda tig'iz va sermahsul davr bo'ldi", - deya Kloppning so'zlarini keltiradi jurnalist Florian Plettenberg MagentaTV'ga tayangan holda.



