Klopp "Borussiya"da qilgan eng katta xatosini aytdi

Mirjalol Normatov
16 yanv 2019
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Kloppning aytishiga ko'ra, "Borussiya"da ishlayotgan vaqtida Sado Mane bilan shartnoma imzolashni istagan.

"Dortmundda ishlagan vaqtimda qilgan eng katta xatoim Sado Mane bilan shartnoma imzolamaganim. Biz u bilan ofisda uchrashdik va gaplashdik. Biroq o'shanda transfer amalga oshishini unchalik istamagandim. Bu mening xatoim", - dedi Klopp.

Mane bunga qadar "Metc", "Zalcburg" va "Sautgempton" kabi klublarda faoliyat olib borgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal.com