Darvozasini "quruq" saqlagan Komilov, mehmonda muhim g'alabani tantana qilgan Rahmatullaev. Proligada 18-turning eng yaxshilari aniqlandi

Aslanov Jasurbek
9 sen 2026, 14:12
6-7 sentyabr kunlari O'zbekiston Proligasida 18-turdan o'rin olgan bahslar bo'lib o'tdi.

Championat.asia sayti turning eng yaxshilarini aniqladi.

Tur murabbiyi - Jamoliddin Rahmatullaev (“Respublika FA”)

Jamoliddin Rahmatullaev jamoasi mehmonda “Kattaqo'rg'on”ni taslim qildi va muhim 3 ochkoga ega chiqib, Proliga jadvalida xavfli hududdan uzoqlashdi.

Pro liga eng yaxshi murabbiy kopiya.jpg

Tur futbolchisi - Ibrohim Akbarov (“Respublika FA”)

Ibrohim Akbarov muhim g'alaba qayd etilgan bahsda jamoasining muvaffaqiyatiga katta hissa qo'shdi. Akbarovning dubli evaziga “Respublika FA” o'z hisobiga 3 ochko yozdirib qo'ydi.

Pro liga eng yaxshi futbolchi kopiya.jpg

Tur darvozaboni - Mohir Komilov (“Metallurg”)

“Metallurg” posboni Mohir Komilov “Paxtakor FJ”ga qarshi uchrashuvda darvozasini “quruq” saqladi. U o'yin davomida ikkita seyv ijro etishga erishdi. “Darvozabon - yarim jamoa” iborasi shu bahsda isbotlandi.

Pro liga eng yaxshi darvozabon kopiya.jpg

Tur goli - Sirojiddin Qo'ziev (“Sho'rtan”)

Tur goli bu safar “Sho'rtan” vakili Sirojiddin Qo'zievga nasib etdi. Qo'ziev 25-26 metr uzoqlikdan chap oyoqda chiroyli gol urishga muvaffaq bo'ldi va jamoasining yirik (4:1) hisobdagi g'alabasiga o'z hissasini qo'shdi.

Pro liga eng Tur goli kopiya.jpg

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia