

“Bavariya” o'z maydonida “Keln”ni 5:1 hisobida mag'lub etdi. Xarri Keyn bahsda uch marta raqiblari darvozasini ishg'ol qildi. Kumush medallar egasi “Borussiya” D safarda “Verder”ni ishonchli hisobda dog'da qoldirdi. Safarda “Ayntraxt” bilan 2:2 hisobida durang qayd etgan “Shtutgart” kelasi mavsum YCHLda qatnashish imkoniyatini qo'lga kiritdi.



