FIFA reytingi yangilandi: O'zbekiston 1 pog'ona pastladi, Marokash top-5ga kirdi

Aslanov Jasurbek
18 noya 2026, 17:17
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) milliy terma jamoalarning yangilangan reytingini e'lon qildi.

Unga ko'ra, O'zbekiston milliy terma jamoasi Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g'alaba (2:1) va +5.35 ochko qo'lga kiritganiga qaramay, avvalgi o'rniga nisbatan 1 pog'ona pastlab, 1418.10 ochko bilan 60-o'rindan joy oldi. Vakillarimiz Osiyo jamoalari orasida 6-pog'onani band etib turishibdi. Qitamizda Yaponiya (17-o'rin), Eron (23) va Avstraliya (27) kuchli uchlikni tashkil etmoqda.

Umumiy reytingda esa Ispaniya terma jamoasi Angliyaga imkoniyatni boy berganiga (2:3) qaramay, 2004.48 ochko bilan peshqadamlikni saqlab qoldi. Argentina (1966.13) va Fransiya (1950.82) kuchli uchlikdan o'rin olgan. E'tiborlisi, Marokash terma jamoasi 2 pog'ona yuqorilab, Portugaliya va Braziliyani ortda qoldirgan holda 5-o'ringa ko'tarilib oldi.

FIFA reytingi (TOP-10):

  • Ispaniya - 2004.48

  • Argentina - 1966.13

  • Fransiya - 1950.82

  • Angliya - 1938.90

  • Marokash - 1809.37 (+2)

  • Portugaliya - 1801.28 (-1)

  • Braziliya - 1800.91 (-1)

  • Belgiya - 1790.37

  • Niderlandiya - 1774.06

  • Kolumbiya - 1735.90 (+1)

Osiyoning eng yaxshi 10 ta terma jamoasi: 17. Yaponiya - 1684.61 23. Eron - 1597.59 27. Avstraliya - 1576.90 (-1) 30. Janubiy Koreya - 1560.02 (+2) 54. Saudiya Arabistoni - 1443.94 (+1) 60. O'zbekiston - 1418.10 (-1) 61. Qatar - 1409.34 (-1) 62. Iroq - 1400.66 (+1) 66. BAA - 1385.91 (-1) 72. Iordaniya - 1357.97

O'xshash yangiliklar

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: FIFA