

Tomonlar shartnoma bandlari bo'yicha kelishuvga erishib bo'lishgan va yaqin orada Belgiya klubining matbuot xizmati ushbu transferni rasman e'lon qiladi.
Eslatib o'tamiz, Kasper Shmeyxel Fransiya klubi bilan 2025 yilga qadar bo'lgan shartnomasi bo'lishiga qaramasdan, yozning so'nggida kelishuvni bekor qilgandi.
O'tgan mavsumda Shmeyxel Fransiya chempionatining 36 o'yinda 35 gol o'tkazib yubordi va 12 marta darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.


