Kante Istanbulda qancha pul ishlaydi?

Sherzod Nurmatov
5 fev 2026
Shartnoma raqamlari oshkor etildi.

4 fevral kuni "Fenerbaxche" "Al Ittihod"ning fransiyalik yarim himoyachi N'Golo Kante bilan shartnoma imzolanganini rasman e'lon qildi.

"Sports Digitale" ma'lumotlariga ko'ra, 34 yoshli futbolchi 2,5 yillik shartnoma imzolagan va Istanbulda umumiy hisobda 40 mln evrodan ortiq daromad qiladi. Transfer vaqtida futbolchi 14,4 mln evro miqdorida imzo bonusi olgan.

2025/2026 yilgi mavsumining qolgan qismida xavbek 5,% mln evro, keyingi ikki mavsumda esa har bir mavsum uchun 11 mln evro maosh oladi.

Shu tariqa, Kante "Fenerbaxche" safida uchta to'liq bo'lmagan mavsum davomida jami 41,9 mln evro daromad qiladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sports Digitale