Belsa Urugvayning JCH-2026dagi natijalari haqida: "Biz 7 ochko olishimiz kerak edi. Saudiya Arabistoni va Kabo-Verde..."

Aslanov Jasurbek
1 iyul 2026, 11:46
Urugvay terma jamoasi bosh murabbiyi Marselo Belsa jamoa JCH-2026da bundan ham yaxshiroq natijaga erishishi kerak edi deb hisoblaydi.

70 yoshli mutaxassis jamoaning Jahon chempionatidan chiqib ketishi yuzasidan bir soat-u qirq daqiqalik matbuot anjumani o'tkazdi. U anjumanga qo'lida hujjatlar papkasi bilan keldi.

Urugvayliklar guruhdan chiqa olishmadi: Saudiya Arabistoni (1:1) va Kabo-Verde (2:2) bilan durang qayd etib, Ispaniyaga (0:1) imkoniyatni boy berishdi.

Urugvayning natijalari haqida: "Guruh bosqichini nega aynan 7 ochko bilan yakunlashimiz kerak bo'lganini a'lo darajada tushuntirib bera olaman. Saudiya Arabistonini mag'lub etishimiz, Kabo-Verde ustidan g'alaba qozonishimiz va Ispaniya bilan durang o'ynashimizni ko'zda tutmaydigan hech qanday jiddiy, puxta o'ylangan va asosli tahlil mavjud emas".

Jamoada birdamlik yo'qligi haqidagi taxminlar haqida: "Biz Saudiya Arabistonidan 20 foizga, Kabo-Verdedan 30 foizga va Ispaniyadan 25 foizga ko'proq narsani ko'rsatish uchun etarlicha birlashgan edik", – dedi Belsa.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Athletic