Kabo-Verde ertagi davom etadi. Bu safar afrikaliklar Urugvayga qarshi bahsda sensaciya qayd etdi

22 iyun 2026, 07:12
2026 yilgi jahon chempionatining "H" guruhi 2-turidan o'rin olgan Urugvay va Kabo-Verde terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv yakunlandi.

O'yin AQSHning Mayami shahridagi Xard Rok stadionida bo'lib o'tdi. Bahsda norvegiyalik Espen Eskos bosh hakamlik qildi. Uchrashuv 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

21-daqiqada Kabo-Verde terma jamoasi yarim himoyachisi Kevin Lenini o'z jamosini oldinga olib chiqdi. 44-daqiqada himoyachi Maksimiliano Arauxo javob golini urdi. Yarim himoyachi Agustin Kanobbio esa 45+6-daqiqada Urugvay terma jamoasini hisobda oldinga chiqardi. 61-daqiqada orolliklar hujumchisi Elio Varela uchrashuvda hisobni tenglashtirdi.

1-turda Urugvay Saudiya Arabistoni bilan durang o'ynagan edi (1:1), Kabo-Verde terma jamoasi esa Ispaniya bilan bahsda (0:0) sensacion tarzda ochko tortib olgandi. Guruh bosqichining so'nggi, 3-turida Urugvay Ispaniyaga qarshi, Kabo-Verde esa Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga tushadi. Har ikki uchrashuv 27 iyun kuni bo'lib o'tadi.

Urugvay - Kabo-Verde 2:2

Urugvay: Muslera, Varela, Kaseres, Olivera, Sanabriya, Arauxo Vilches, Valverde, Bentankur, Ugarte, Kanobbio, Vinyas.

Kabo-Verde: Vozinya, Moreyra, Lopes, Borjesh, Kabral, Mendesh, Lenini, Arkanju, Rodrigesh, Monteyru, Benshimol.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia