JCHga yo'llanma beradigan U-20 Osiyo chempionatiga chorshanba kuni qur'a tashlanadi

Xayrulla Xoliqov
24 okt 2022, 11:16
Navbatdagi U-20 Osiyo chempionati kelasi yilning 1-18 mart kunlari O'zbekistonda bo'lib o'tadi.

Ushbu musobaqa uchun qur'a marosimi 26 oktyabr, chorshanba kuni Toshkentda o'tkaziladi. Qur'a 12:00da boshlanadi. 

O'zbekiston mezbon bo'lgani bois 1-savatchadan joy olgan. Quyida savatchalarni keltirib o'tamiz. 

1-savatcha: O'zbekiston, Saudiya Arabistoni, Janubiy Koreya, Qatar. 

2-savatcha: Yaponiya, Tojikiston, Avstraliya, Indoneziya. 

3-savatcha: Iordaniya, Xitoy, Iroq, Vetnam. 

4-savatcha: Eron, Ummon, Suriya, Qirg'iziston. 


Qur'a o'tkazish tartibiga ko'ra, jamoalar to'rttadan to'rt guruhga bo'linadi. Har bir guruhdan ikkitadan jamoa keyingi bosqichga yo'l oladi. Bundan ko'rinib turibdiki, biz "A" guruhidan joy olamiz va bizning guruhda Saudiya Arabistoni, Qatar va Janubiy Koreya bo'lmaydi. 

U-20 Osiyo chempionatida yarim finalga chiqqan 4ta jamoa 2023 yil Indoneziyada tashkil etiladigan U-20 Jahon chempionatiga yo'l oladi. Eslatib o'tamiz, FIFA U-20 Jahon chempionatiga Osiyo uchun mezbon Indoneziyadan tashqari yana 4ta yo'llanma ajratgan. 

O'zbekiston mezbonlik qiladigan U-20 Osiyo chempionatida Ravshan Haydarov boshqaruvidagi terma jamoa Vatanimiz sharafini himoya qiladi.


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: the-afc.com