O'zbekiston U-19 futbolchisi Toxir To'xtasinov: "Saudiya Arabistoni bilan o'yinda O'zbekiston yoshlarini kuchini ko'rsata oldik"

Iskandarov Abdulaziz
15 sen 2022, 20:40
O'zbekiston U-19 terma jamoasi futbolchisi Toxir To'xtasinov U-20 Osiyo chempionati saralash bosqichidan o'rin olgan Saudiya Arabistoniga (2:1) qarshi bahsdan so'ng fikrlari bilan o'rtoqlashdi.


"Saudiya Arabistoniga qarshi o'yinni anchadan beri kutayotgandik. Ularning har bir yosh toifasidagi terma jamoasi kuchli. Yevropa terma jamoalari bilan ko'p uchrashuvlar o'tkazishadi. Bunday musobaqalar biz uchun katta tajriba berishi shubhasiz. Haqiqatdan ham O'zbekiston yoshlarining kuchini ko'rsata oldik, deb o'ylayman. 

Nima bo'lishidan qatiy nazar biz terma jamoamiz bilan birgamiz. Bu saralash bosqichi o'zimizni ko'rsatishimiz uchun ham katta imkoniyat. Xalqaro maydonda yurtimiz sharafini himoya qilayotganimiz bilan faxrlanamiz. Bizga ishonch bildirayotganlarga rahmat aytaman",- deydi Toxir To'xtasinov. 

Abdulaziz Iskandarov yozib oldi

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia