Ummon bosh murabbiyi Janubiy Koreyaga qarshi o'yindan keyin musobaqa favoritlarini aytdi

Mirjalol Normatov
2 mar 2023, 20:34
U-20 Osiyo chempionati 1-turi doirasida Janubiy Koreya termasiga qarshi o'yindan keyin Ummon termasi ustozi Xuan David Mansilya savollarga javob qaytardi.

- O'yin haqida fikrlaringiz?

- Biz bugun kuchli raqib bilan to'qnash keldik. Gol urishga harakat qildik, biroq muammolarga duch keldik. O'yinimizni tahlil qilib chiqamiz va keyingi bahsda yaxshiroq o'yin namoyish etishga intilamiz.

- Himoya chizig'i bugun ko'p hato qildi, himoyachilaringiz o'yiniga izoh berib o'tsangiz?

- Raqiblarimiz kuchli edi, koreyalik xujumchilar tez xarakatlanishdi va shu sabab jamoalar darajasidagi farq yaqol sezilib turdi. Bizning himoyachilar raqib bilan kurashishga qiynaldi.

- Hakamlarning qarorlaridan mamnunmisiz?

- Ular o'yini yaxshi boshqarishdi, ularga etirozim yo'q.

- Birinchi uchrashuvdan so'ng, jamoangizni imkoniyatlarini qanday baholaysiz?

- Keyingi bahslarda yigitlar yaxshiroq o'ynashadi degan umiddaman, bizga endi faqatgina g'alaba kerak. 

- Ushbu turnirda qaysi terma jamoalarni favorit deb hisoblaysiz?

- Turnirga barcha jamoalar g'olib bo'lish kelgan va kuchli jamoalar etarlicha, asosiy favoritlar qatorida O'zbekiston, Yaponiya va Janubiy Koreyalarni ko'rsatgan bo'lardim.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia