

Unga ko'ra, Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe uchrashuvlar davomida bosib o'tgan masofasining 45 foizini piyoda bosib o'tgan va bu ko'rsatkich bo'yicha ikkinchi o'rinni egalladi.
Reytingda Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi yetakchilik qilmoqda. 39 yoshli yulduz turnirda bosib o'tgan umumiy masofasining 47 foizini piyoda yurgan.
Qizig'i shundaki, har ikki futbolchi ham Jahon chempionatida 7 tadan gol urib, musobaqaning eng yaxshi to'purarlari poygasida peshqadamlik qilmoqda.
Mazkur statistika faqat turnirda kamida 150 daqiqa maydonda harakat qilgan maydon futbolchilari asosida hisoblab chiqilgan.
Futbol tahlilchilari buni Messi va Mbappening ko'p piyoda yurishi ularning o'yinni o'qish qobiliyati va hal qiluvchi vaziyatlar uchun kuchini tejash taktikasi bilan izohlanadi.



