Tuxel: "Ris Jeyms Meksikaga qarshi o'yin qaydnomasiga kiritilishi mumkin"

5 iyul 2026, 16:18
Angliya termasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel himoyachi Ris Jeyms Meksikaga qarshi JCH–2026 1/8 final uchrashuvi qaydnomasidan o'rin olishi mumkinligini ma'lum qildi.

Angliya va Meksika o'rtasidagi bahs 6 iyul kuni bo'lib o'tadi.

Nemis mutaxassisining aytishicha, "Bayer" himoyachisi Jarrell Kuansa jarohatidan to'liq forig' bo'lgan va uchrashuvga tayyor. U shanba kuni Mexikoda jamoa bilan to'liq mashg'ulot o'tkazgan.

Ris Jeyms esa o'yin oldidan yana bir bor tibbiy ko'rikdan o'tadi. "Chelsi" futbolchisi son orqa mushaklari jarohati tufayli mundialdagi so'nggi ikki uchrashuvni o'tkazib yuborgan edi.

"Jarrellning mashg'ulotini barcha ko'rdi. U to'liq tayyor va o'ynashga shay. Ris esa ehtimol zaxiradan o'rin olishi mumkin. Ammo bu borada shifokorlarning yakuniy xulosasini kutishimiz kerak. Ular bu qaror qanchalik to'g'ri ekanini baholaydi", - dedi Tuxel.

Ma'lumot uchun, Ris Jeyms Mexikoda o'tkazilgan so'nggi mashg'ulotni o'tkazib yuborgan yagona angliyalik futbolchi bo'ldi. Angliya FA uning hozircha individual dastur asosida tiklanish mashg'ulotlarini davom ettirayotganini ma'lum qildi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sports