Zlatan Ibragimovich: "Men bu o'yinda o'ynaganimda 4-5 ta qizil kartochka olardim"

5 iyul 2026, 17:10
Shvetsiya futboli afsonasi Zlatan Ibragimovich JCH–2026 1/8 finalidagi Fransiya – Paragvay uchrashuvi (1:0) haqida o'z fikrini bildirdi.

Uning aytishicha, paragvaylik futbolchilar butun o'yin davomida provokacion harakatlar qilgan bo'lsa-da, fransiyaliklar vazminlikni saqlab qolgan.

"Agar men shu o'yinda ishtirok etganimda, ehtimol 4 yoki 5 ta qizil kartochka olardim. Fransiya futbolchilari esa sovuqqonlik namoyon qildi. Ular xotirjam bo'lib, hatto bazi paytlarda kulib ham turishdi.

Provokaciyalarga beriladigan eng yaxshi javob - kulish va bunga umuman e'tibor qaratmaslik", - dedi Ibragimovich.

Eslatib o'tamiz, Fransiya terma jamoasi Paragvayni 1:0 hisobida mag'lub etib, mundial chorak finaliga yo'l oldi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Fox Sports