JCH-2026. Koreya Respublikasi – Chexiya 0:0 (matnli translyatsiya)

Administrator
12 iyun 2026, 06:27
Jahon chempionati A guruhining birinchi turidan o'rin olgan Koreya Respublikasi – Chexiya uchrashuvi start oldi.

Koreya Respublikasi – Chexiya 0:0

07:00, 12 iyun, Gvadalaxara

Koreya Respublikasi: Kim Syon Kyu, Li Xan Bom, Kim Min Je, Li Te Sok, Sol Yun Vu, Li Ki Xyuk, Xvan In Byom, Pek Syn Xo, Li Chje Sun, Li Kan In, Son Xyon Min.

Chexiya: Matey Kovarj, Yaroslav Zeleny, Ladislav Kreychi, Shtepan Xaloupek, Vladimir Coufal, Robin Granach, Aleksandr Soyka, Tomash Souchek, Lukash Provod, Pavel Shulc, Patrik Shik.

39. Son Xyon Min maydon markazidan yurish qildi va ikki himoyachidan o'tib, zarba yo'lladi. Yana noaniq. Son ikkinchi imkoniyatdan foydalana olmayapti

38. Zarbaa! Son Xyon Minning zarbasi darvoza to'sini ustidan o'tib ketdi. Koreyaliklar anchadan beri hujum qilishmayotgan edi

33. O'yin biroz tenglashdi. Chexiya ham jonlanib qoldi.

26. Chexiya termasi a'zosi Pavel Shulc oddiy holatda o'z libosini yirtib oldi. Puma brendi uchun antireklama, bazi libos ishlab chiqaruvchi brendlar buni ko'rib, “xursand” bo'lishgan bo'lsa ne ajab.

19. To'pni nazorat qilish bo'yicha koreyslar yaqqol ustun – 64% ga 26%

15. Chexiya tomonidan uyushtirilgan qarshi hujum sal qolsa gol bilan tugar edi. Patrik Shik uzatmadan keyin yaqindan zarba berdi, lekin himoyachi to'pni to'sib qoldi. To'p maydon tashqarisiga chiqdi va burchak zarbasi berildi. Chexiya yana hujum qilish imkoniyatiga ega bo'ladi.

14. ZARBAA! Li Kan In uzoq masofadan ajoyib zarba yo'lladi, ammo to'pni darvozabon Kovar qaytarib qoldi. Burchak to'pi.

12. Janubiy Koreyadan ajoyib hujum. Li Kan In to'pni havolatib, jarima maydonchasi ichiga uzatdi. To'p hujumchidan Son Xyon Minga uzatildi, Sonning zarbasini esa himoyachi to'sib qoldi. Koreyslar golga yaqinlashmoqda.

10. Hozircha to'liq ustunlik Janubiy Koreyada. Chexiya himoyalanmoqda.

6. Koreyslar qanotga uzatilgan dioganaldan so'ng yaxshi hujum tashkil qilishdi, ammo yakuniy uzatmaga biroz aniqlik yetishmadi.

4. Ikki jamoa ham uchrashuvning dastlabki daqiqalarini Jahon chempionati “havo”sini o'rganishga sarflashmoqda.

1. Uchrashuv start oldi!

Gvadalaxara stadioni:

Jamoalar tarkibi quyidagi ko'rinishda:

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: Championat.asia