Janubiy Koreya terma jamoasi a'zosi "Atletiko"ga o'tmoqda - Romano

6 iyul 2026, 16:45
PSJ va Janubiy Koreya terma jamoasi yarim himoyachisi Li Kan In Madridning "Atletiko" klubi bilan muzokaralarning hal qiluvchi bosqichida turibdi.

Bu haqda jurnalist va insayder Fabricio Romano o'zining X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida xabar berdi.

Qayd etilishicha, tomonlar kelishuvning so'nggi detallarini muvofiqlashtirishmoqda. "Atletiko" transferni yaqin orada yakunlash niyatida.

Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining ayni paytdagi bozor qiymati 28 million evroni tashkil qiladi.

Li Kan In parijliklar safida 2023 yildan buyon to'p surib kelmoqda. Yakunlangan mavsumda yarim himoyachi 39 ta o'yinda maydonga tushib, to'rtta gol urdi va beshta golli uzatmani amalga oshirdi. Bundan tashqari, o'yinchi Janubiy Koreya terma jamoasi tarkibida Jahon chempionati - 2026 da ishtirok etdi, biroq jamoa kutilmaganda guruh bosqichidan o'ta olmadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: x.com/FabrizioRomano