

UCHRASHUV YAKUNLANDI!
90+8. Bellingem o'yinga nuqta qo'ydi. U bir o'zi francuzlar himoyasining yarmini aldab o'tib, darvozani ishg'ol qildi.
90+6. Dembele hisobni 4:5 ko'rinishiga keltirdi, ammo vaqt deyarli qolmadi.
90. Uchrashuv asosiy vaqtiga 7 daqiqa qo'shib berildi.
87. Sakaaaa… Kambek bo'lmaydi, inglizlar beshinchi golni urdi.
85. Penalti! Fransiya darvozasiga… Gusto Spensni yiqitdi.
81. Fransiya terma jamoasining xavfli hujumi oxiriga etmay qoldi. Ular raqib jarima maydonchasi ichida pas o'ynab, raqibni shoshirib qo'ydi, ammo oxirgi zarba noaniq bo'ldi.
80. Angliyada o'zgarish: Eze o'rniga Bellingem maydonga tushdi.
77. Fransiyaning maydondagi ustunligi davom etmoqda, hisobda esa inglizlar oldinda.
75. Oliseda ajoyib imkoniyat paydo bo'ldi. U qanotdan uzatilgan to'pni chap oyog'i bilan darvozaning uzoq burchagiga yo'lladi, biroz noaniq.
66. Mbappe! 3:4! Kambek uchun yana bitta gol kerak. Kilian hisobni maksimal darajada qisqartirdi.
64. Dembele hisobni 3:4 ko'rinishiga keltirishi mumkin edi, ammo zarbasidan so'ng to'pni inglizlar posboni egallab oldi.
61. Olise jarima maydonchasi chizig'iga yaqin hududdan xavfli zarba ijro etdi, ammo biroz noaniq.
59. Menyan jamoasini muqarrar goldan qutqarib qoldi.
54. Barkolya Fransiyaning ikkinchi golini urmoqda. Tezlanish orqali raqibidan qochib ketgan Barkolya o'yinga intrigani qaytaryapti. 2:4!
52. To'purarlar poygasida Mbappe 9 ta gol bilan yaqqol peshqadamga aylanib oldi, Messi 8 ta gol bilan ikkinchi o'rinda.
48. GOOOL! Kilian hisobni qisqartiryapti. 1:4! Olisening “kesuvchi” uzatmasi va Mbappedan aniq zarba.
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. Fransiyada to'rtta o'zgarish: Dembele, Barkolya, Din va Upamekanolar bahsga qo'shilishdi.
TANAFFUS!
45+1. Sakaaaaa… 4:0! Saka futbol o'ynashni xohlamayotgan Fransiyani jazolashda davom etmoqda.
45. Birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.
41. Fransiya uchinchi golni o'tkazganidan so'ng “sochilib” ketdi. Na hujum va na himoyada tartib qoldi. Inglizlar raqibning “ko'cha futboli”dan foydalanib, hisobni yanada yirik ko'rinishga keltirishi mumkin.
37. Ochiq futbol guvohiga aylanyapmiz. Angliya va Fransiya ketma-ket qarshi hujumlar tashkil etishdi, ammo inglizlar sifatliroq o'ynashdi va hisob 3:0 ko'rinishiga keldi.
33. Reshford to'pni raqib oyog'i ostidan o'tkazib, superzarbani ijro etdi, ammo Menyan Gollivud sahnalariga mos golni yo'qqa chiqardi.
30. Fraciyaliklar to'pga ko'proq egalik qilishga urinishyapti, ammo hujumdagi tezkor futbolchila gol urishga harakat qilib, to'pni tez oldirib qo'yishmoqda.
23. Tomoqni ho'llab olish uchun tanaffus.
18. 2:0! 2:0! 2:0! Sakaning o'ta xavfli zarbasidan so'ng burchak to'pi belgilandi. Burchak to'pini Rays amalga oshirdi va Konsa boshi bilan hisobni 2:0 ko'rinishiga keltirdi.
14. Mbappe jarima maydonchasiga yorib kirdi, ammo uzatmasini himoyachilar qaytarishdi.
11. GOOOL! Saka hisobni 2:0 ko'rinishiga keltirgandi, ammo yon hakam bayroqchasini ko'tarib, ofsayd borligni ko'rsatdi.
11. Sherkining xavfli zarbasi Xenderson tomonidan bartaraf etildi.
9. Angliya avvalgi o'yinlar kabi birinchi raqam bo'lib o'ynayapti, Fransiya esa qarshi hujumlarga tayanmoqda.
7. Reshfordning o'ta xavfli zarbasi himoyachiga tegib, maydonni tark etdi.
3. GOOOL! Deklan Rays uzoq masofadan Menyan darvozasini ishg'ol qildi.
1. Uchrashuv boshlandi. Bugun tarkiblar kutilganidek emas, chunki ikkala jamoa ham mundialga kamida final uchun kelgan edi. Murabbiylar tarkibda o'zgarishlar amalga oshirishgan va bu Angliyaga yaqqol ko'zga tashlanmoqda.
Fransiya - Angliya 4:6
Gollar: Mbappe 48, Barkolya 54, Mbappe 66, Dembele 90+6 - Rays 3, Konsa 18, Saka 37, Saka 45+1, Saka 87, Bellingem 90+8.
Fransiya: Menyan, Gyusto (Kunde 90+1), Konate (Upamekano 46), Lakrua, Ernandes (Din 46), Sherki (Dembele 46), Rabo, Due (Barkolya 46), Zair-Emeri, Olise, Mbappe.
Angliya: Xenderson, Kuansa (Jeyms 83), Konsa Spens, Gexi (Chaloba 90+3), Rodjers, Rays, Eze (Bellingem 79), Saka, Reshford (Uotkins 46), Toni (Anderson 79).



