Janubiy Amerika Rekopasida sensaciya! "Flamengo" sovrinni Argentina klubiga boy berdi

Sherzod Nurmatov
27 fev 2026
Janubiy Amerikaning Rekopasi javob o'yini bo'lib o'tdi.

Unda "Flamengo" (Rio-de-Janeyro, Braziliya) hamda "Lanus" (Lanus, Argentina) o'zaro to'qnash keldi. Uchrashuv Rio-de-Janeyroda "Marakana" stadionida bo'lib o'tdi va mehmonlarning qo'shimcha vaqtdagi 3:2 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. Ilk o'yinda ham "Lanus" 1:0 hisobida zafar quchgan edi.

Mezbonlar safida gollar mualliflari Xiorxyan de Arraskaeta va Jorjino bo'ldi (ikkalasi ham penaltidan). Mehmonlar tarkibida esa Rodrigo Kastilo, Xose Kanale va Dilan Akino gol urdi.

Ikki o'yinlik qarama-qarshilikda "Lanus" ustun keldi (1:0, 3:2). Argentina klubi ushbu turnir kubogini tarixda ilk bor qo'lga kiritdi.

"Flamengo" – "Lanus" 2:3

Gollar: Xiorxyan de Arraskaeta penalti 37', Jorjino penalti 85' – Kastilo 29', Kanale 118', Akino 120+2'

Eslatib o'tamiz, Janubiy Amerika Rekopasi - Yevropa Superkubogiga o'xshash musobaqa bo'lib, unda Libertadores Kubogi va Janubiy Amerika Kubogi g'oliblari bahs olib boradi.

Turnirda eng ko'p zafar quchgan jamoa Argentinaning "Boka Xuniors" klubi (4 marta) sanaladi.

Paketani xarid qilgan va tarkibida ko'plab mashhur nomlar bor (tarkib qiymati 223 mln evro) "Flamengo" yomg'irli "Marakana"da kamtargina "Lanus"ga (43,2 mln evro) yutqazib qo'ygani e'tiborga molik. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia