

"Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi Saud Abdulhamidning JCH-2026 final bosqichiga davom etayotgan tayyorgarlik doirasida milliy terma jamoa mashg'ulot lageriga kechikib kelishi sabablari yuzasidan rasmiy ma'lumot berishni istaydi.
Futbolchi bugun rejalashtirilganidek Ar-Riyodga uchib kela olmadi. Bunga uning oilasi bilan nikoh marosimi uchun borgan Amstyerdam shahrida shaxsiy avtoulovi buzib kirilgani sabab bo'lgan. Hodisa natijasida shaxsiy buyumlar, jumladan, uning pasporti ham yo'qolgan.
Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi tergov jarayonini nazorat qilish uchun Sport vazirligi bilan harakatlarni muvofiqlashtirmoqda, shuningdek, Qirollikning Niderlandiyadagi elchixonasi bilan hamkorlikda futbolchining jamoaga qo'shilishiga imkon beruvchi zarur hujjatlarni rasmiylashtirish ustida ishlamoqda.
Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi yuzaga kelgan vaziyatda Saud Abdulhamidni to'liq qo'llab-quvvatlashini bildiradi va uning milliy terma jamoa lageriga eson-omon yetib kelishini kutadi", - deyiladi federatsiyaning X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida e'lon qilingan bayonotda.
Saudiya Arabistoni terma jamoasi JCH-2026 guruh bosqichida Ispaniya, Kabo-Verde va Urugvay bilan o'ynaydi.



