

"Futbolchilarim dunyodagi eng yaxshilardan, shuning uchun sakkiz yoki to'qqiz baho qo'ymayman. Biz sotib olgan har bir futbolchi jamoamizga mukammal mos keladi. Shu sababli 10 ball qo'yaman! Menda dunyodagi eng yaxshi tarkib bor” - dedi Amorim.
Shu bilan birga, Amorim jamoaga turli xususiyatlarga ega ikki nafar hujumchi kerak bo'lishi mumkinligini ham ta'kidladi. Uning fikricha, ayrim o'yinlarda Kristian Pulishich kabi harakatchan va poziciya almashtira oladigan hujumchi jamoaga katta foyda keltirishi mumkin.
"Milan" mavsumdagi dastlabki ikki Seriya A uchrashuvida g'alaba qozondi. Agar jamoa navbatdagi turda "Yuventus"ni ham mag'lub etsa, Amorim klub tarixida chempionatdagi ilk uchta o'yinida g'alaba qozongan to'rtinchi murabbiyga aylanadi.



