"Arsenal" sobiq futbolchisi muxlis bilan janjallashdi

6 sen 2026, 17:49
"Kardiff" himoyachisi Kristyan Belik "Portsmut"ga qarshi Chempionship uchrashuvida (0:2) muxlis bilan bog'liq mojaro markazida qoldi.

Uchrashuvning 70-daqiqasida to'p ortidan tribuna tomonga borgan polyak futbolchining ustidan muxlis to'pni oshirib yuborgan. Bunga javoban Belik muxlisning bo'ynidan ushlagan, shundan so'ng ishqiboz uni itarib, yuziga zarba bergani aytilmoqda.

Hodisa sabab uchrashuv taxminan uch daqiqaga to'xtatildi. Muxlis stadiondan olib chiqib ketildi. "Portsmut" klubi va policiya voqeani o'rganmoqda, Belik esa jarima yoki diskvalifikaciyaga duch kelishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Manba: talkSPORT