Jamshid Saidov: "Beshta himoyachiga o'tib shoshildim, ammo baribir g'alaba qozondik"

5 sen 2026, 23:11
"Qizilqum" bosh murabbiyi Jamshid Saidov Superliganing 20-turidan o'rin olgan "Buxoro"ga qarshi o'yindan so'ng (3:2) matbuot anjmunida ishtirok etdi.

– Bugungi o'yin haqida fikrlaringiz...

– O'yin bo'yicha jamoamizga nisbatan u qadar katta etirozlarim yo'q. Shunchaki, ularga maydondagi fidoyiliklari uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman. Yigitlarni g'alaba bilan tabriklayman. Bugun stadionga kelib, bizni qo'llab-quvvatlagan barcha muxlislarga rahmat aytaman.

– O'zgarishlar amalga oshirdingiz, biroq, nazarimda, o'yin sifati yomonlashdi.

– Men ham insonman, men ham adashaman. Qayerdadir shoshqinlik qildim, o'ylashimcha, o'zgartirishlar qilishda shoshildim va beshta himoyachi taktikasiga o'tib oldim. Mayli, xatolar ham bo'lib turadi. Bilasizmi, nima bo'lgan taqdirda ham, bugun biz g'alaba qozondik, deb o'ylayman. Baribir yigitlar bugun qo'llaridan kelgan barcha imkoniyatni ishga solishdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia