Jahon chempionati-2026. Musobaqa taqvimi, reglament va stadionlar haqida to'liq ma'lumot

11 iyun 2026, 18:25
JCH-2026 nihoyat start olmoqda!

JCH-2026 qachon va qayerda bo'lib o'tadi?

Jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulgacha davom etadi. Ha, turnir bir oydan ko'proq vaqt oladi. Bunga ishtirokchilar soni 48 tagacha ko'paytirilgani sabab bo'ldi. Musobaqaga AQSH, Meksika va Kanada mezbonlik qilmoqda.

Mezbonlar orasida faqat Kanada debyutant hisoblanadi. AQSH bungacha JCH-1994 ga mezbonlik qilgan, Meksika esa to'rt yillikning bosh turnirini ikki bor qabul qilgan: JCH-1970 va JCH-1986.

gettyimages-1451363456-2048x2048.jpg

JCH-2026 shaharlari va stadionlari: qaysi uchrashuvlar qayerda o'tadi?

O'yinlarning asosiy qismi Qo'shma Shtatlarda bo'lib o'tadi. Jami 16 ta turli shahardagi 16 ta stadion jalb etilgan. Ularning 11 tasi AQSHda, 3 tasi Meksikada va faqat 2 tasi Kanadada joylashgan. AQSH jami 78 ta o'yinni qabul qiladi va chorak finaldan boshlab barcha bahslar shu yerda o'tadi. Kanada va Meksika esa 13 tadan uchrashuvga mezbonlik qiladi.

AQSH

Nyu-York - "Metlayf Stedium" (sig'imi 82 500). Jahon chempionati finali va yana ettita o'yinni, jumladan, 1/16 va 1/8 final bahslarini qabul qiladi;

Dallas - "Ey-Ti-end-Ti Stedium" (80 000). To'qqizta o'yinga mezbonlik qiladi: ulardan ikkitasi 1/16 final, bittasi 1/8 va yana bittasi 1/2 final uchrashuvidir;

Kanzas - "Errouxed Stedium" (76 416). Oltita o'yinni qabul qiladi, shu jumladan, 1/16 va 1/4 finalning bittadan bahsi;

gettyimages-2221123394-2048x2048.jpg

Xyuston - "En-Er-Dji Stedium" (72 220). Ettita o'yin o'tkaziladi, jumladan, 1/16 va 1/8 finalning bittadan uchrashuvi;

Los-Andjeles - "Sou-Fay Stedium" (70 240). Sakkizta o'yinni qabul qiladi, ulardan ikkitasi 1/16 final va bittasi chorak finalga to'g'ri keladi;

Sietl - "Lyumen Fild" stadioni (72 000). Oltita o'yinga mezbonlik qiladi, jumladan, 1/16 final bahsi;

Boston - "Djilett Stedium" (65 878). Ettita o'yinni qabul qiladi, shu jumladan, bitta chorak final bahsi;

Atlanta - "Mersedes-Benc Stedium" (83 000). Sakkizta o'yinni o'zida qabul qiladi, jumladan, 1/16, 1/8 va 1/2 finalning bittadan bahsi;

Filadelfiya - "Linkoln Faynenshel Fild" stadioni (69 796). Oltata o'yin o'tkaziladi, jumladan, bitta 1/8 final uchrashuvi;

San-Francisko - "Livays Stedium" (75 000). Oltita o'yinni qabul qiladi, ulardan bittasi 1/16 final bahsi;

Mayami - "Xard Rok Stedium" (67 518). Ettita o'yinga mezbonlik qiladi, jumladan, uchinchi o'rin uchun bahs.

Meksika

Mexiko - "Acteka" stadioni (sig'imi 87 523). Beshta o'yinni qabul qiladi, jumladan, Meksika va JAR o'rtasidagi ochilish uchrashuvi;

Monterrey - "Estadio Be-be-uve-a" (53 500). To'rtta o'yin o'tkaziladi;

Gvadalaxara - "Akron" stadioni (49 850). To'rtta o'yinga mezbonlik qiladi.

gettyimages-2277985462-2048x2048.jpg

Kanada

Vankuver - "Bi-Si Pleys" stadioni (sig'imi 54 500). Beshta o'yinni qabul qiladi, jumladan, 1/16 va 1/8 finalning bittadan bahsi;

Toronto - "BMO Fild" (45 500). Oltita o'yinga mezbonlik qiladi.

Ishtirokchilar va guruhlar

A guruhi: Meksika, JAR, Janubiy Koreya, Chexiya.

B guruhi: Kanada, Bosniya va Gertsegovina, Qatar, Shveytsariya.

C guruhi: Braziliya, Marokash, Gaiti, Shotlandiya.

D guruhi: AQSH, Paragvay, Avstraliya, Turkiya.

E guruhi: Germaniya, Kyurasao, Kot-d’Ivuar, Ekvador.

F guruhi: Niderlandiya, Yaponiya, Shvetsiya, Tunis.

G guruhi: Belgiya, Misr, Eron, Yangi Zelandiya.

H guruhi: Ispaniya, Kabo-Verde, Saudiya Arabistoni, Urugvay.

I guruhi: Frankreich, Senegal, Iroq, Norvegiya.

J guruhi: Argentina, Jazoir, Avstriya, Iordaniya.

K guruhi: Portugaliya, DR Kongo, O'zbekiston, Kolumbiya.

L guruhi: Angliya, Xorvatiya, Gana, Panama.

502057.jpg

JCH-2026 reglamenti va formati: uchinchi o'rinlardan kimlar pley-offga chiqadi?

Ilgari Jahon chempionatiga 32 ta terma jamoa saralab olinardi. Endilikda xuddi shuncha jamoani faqat pley-offning o'zida ko'ramiz, bunda bahslar 1/8 emas, balki 1/16 finaldan boshlanadi.

Guruh bosqichidan nafaqat birinchi va ikkinchi o'rinni egallagan jamoalar, balki qo'shimcha ko'rsatkichlar evaziga uchinchi o'rinni band etgan eng yaxshi 8 ta omadli jamoa ham pley-offga yo'l oladi.

Guruhda ochkolar teng kelib qolganda, quyidagi ko'rsatkichlar ketma-ketlikda ustuvor bo'ladi: to'plar nisbati, urilgan gollar soni, g'alabalar soni, "Feyr-pley" tizimi bo'yicha eng kam ochko (kartochkalar borasida ehtiyot bo'lish lozim) va nihoyat, saralash turniri reytingidagi o'rin.

Guruh bosqichi va pley-offning barcha bosqichlari taqvimi

(Diqqat: Barcha uchrashuvlar vaqti Toshkent vaqti (UZT) bilan ko'rsatilgan)

Guruh bosqichi

1-tur

12 iyun

00:00. Meksika - JAR.

07:00. Janubiy Koreya - Chexiya.

13 iyun

00:00. Kanada - Bosniya va Gertsegovina.

06:00. AQSH - Paragvay.

14 iyun

00:00. Qatar - Shveytsariya.

03:00. Braziliya - Marokash.

06:00. Gaiti - Shotlandiya.

09:00. Avstraliya - Turkiya.

22:00. Germaniya - Kyurasao.

15 iyun

01:00. Niderlandiya - Yaponiya.

04:00. Kot-d’Ivuar - Ekvador.

07:00. Shvetsiya - Tunis.

21:00. Ispaniya - Kabo-Verde.

16 iyun

00:00. Belgiya - Misr.

03:00. Saudiya Arabistoni - Urugvay.

06:00. Eron - Yangi Zelandiya.

17 iyun

00:00. Fransiya - Senegal.

03:00. Iroq - Norvegiya.

06:00. Argentina - Jazoir.

09:00. Avstriya - Iordaniya.

22:00. Portugaliya - DR Kongo.

18 iyun

01:00. Angliya - Xorvatiya.

04:00. Gana - Panama.

07:00. O'zbekiston - Kolumbiya.

2-tur

18 iyun

21:00. Chexiya - JAR.

19 iyun

00:00. Shveytsariya - Bosniya i Gertsegovina.

03:00. Kanada - Qatar.

06:00. Meksika - Janubiy Koreya.

20 iyun

00:00. AQSH - Avstraliya.

03:00. Shotlandiya - Marokash.

06:00. Braziliya - Gaiti.

09:00. Turkiya - Paragvay.

22:00. Niderlandiya - Shvetsiya.

21 iyun

01:00. Germaniya - Kot-d’Ivuar.

05:00. Ekvador - Kyurasao.

09:00. Tunis - Yaponiya.

21:00. Ispaniya - Saudiya Arabistoni.

22 iyun

00:00. Belgiya - Eron.

03:00. Urugvay - Kabo-Verde.

06:00. Yangi Zelandiya - Misr.

22:00. Argentina - Avstriya.

23 iyun

01:59. Fransiya - Iroq.

05:00. Norvegiya - Senegal.

08:00. Iordaniya - Jazoir.

22:00. Portugaliya - O'zbekiston.

24 iyun

01:00. Angliya - Gana.

04:00. Panama - Xorvatiya.

07:00. Kolumbiya - DR Kongo.

3-tur

25 iyun

00:00. Shveytsariya - Kanada.

00:00. Bosniya va Gertsegovina - Qatar.

03:00. Shotlandiya - Braziliya.

03:00. Marokash - Gaiti.

06:00. Chexiya - Meksika.

06:00. JAR - Janubiy Koreya.

26 iyun

01:00. Ekvador - Germaniya.

01:00. Kyurasao - Kot-d’Ivuar.

04:00. Tunis - Niderlandiya.

04:00. Yaponiya - Shvetsiya.

07:00. Turkiya - AQSH.

07:00. Paragvay - Avstraliya.

27 iyun

00:00. Norvegiya - Fransiya.

00:00. Senegal - Iroq.

05:00. Urugvay - Ispaniya.

05:00. Kabo-Verde - Saudiya Arabistoni.

08:00. Yangi Zelandiya - Belgiya.

08:00. Misr - Eron.

28 iyun

01:59. Panama - Angliya.

01:59. Xorvatiya - Gana.

04:30. Kolumbiya - Portugaliya.

04:30. DR Kongo - O'zbekiston.

07:00. Iordaniya - Argentina.

07:00. Jazoir - Avstriya.

---

Pley-off

1/16 final: 28 iyundan 4 iyulgacha

1/8 final: 4 iyuldan 7 iyulgacha

1/4 final: 9 iyuldan 12 iyulgacha

Yarim finallar: 15 iyul soat 00:00 da va 16 iyul soat 00:00 da

Uchinchi o'rin uchun bahs: 18 iyul soat 01:59 da

Final: 19 iyul soat 00:00 da.

jch2026 copy (4).png

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.com