“Istanbul Bashakshexir“ Eldorning transferi uchun “Roma“ga qancha taklif qilgani ma'lum

Khoja
21 iyun 2025
Turkiyaning “Istanbul Bashakshexir“ jamoasi “Roma“ga taklif bilan chiqdi.

Istanbul jamoasi Eldor Shomurodovning transferi uchun 7 million evro to'lashga tayyor. Futbolchining o'zi bilan esa 3 yillik shartnoma imzolashni reja qilishgan.

Avvalroq, Eldorning o'zi ham Turkiyaga yo'l olishga rozilik bergani haqida xabarlar tarqalgandi.

Eslatib o'tamiz, Shomurodov 2021 yildan beri Italiya A Seriyasida faoliyat olib bormoqda. U shu vaqt orasida “Jenoa“, “Roma“, “Speciya“ va “Kalyari“ jamoalarida to'p surdi. 29 yoshli hujumchi A Seriyada jami 119 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 19 ta gol va 13 ta golli uzatma bor.


KhojaMuallif
Manba: romapress.com