Ispaniyadan 5 ta klub kelasi mavsumda ECHLning asosiy bosqichida ishtirok etadi

8 may 2026, 08:25
Ispaniya jamoalari Chempionlar ligasining asosiy bosqichiga beshinchi yo'llanmani qo'lga kiritdi.

Yevropaning asosiy klub turnirining final bosqichiga qo'shimcha o'rin "Rayo Valekano"ning "Strasburg" ustidan (1:0) Liga konferenciyasi yarim finalining javob o'yinida g'alaba qozonishi tufayli berildi.

Eslatib o'tamiz, Chempionlar ligasi 36 ta jamoaga kengaytirilgandan beri qo'shimcha ikki o'rin UEFA koefficientlar jadvalida o'tgan mavsumda eng ko'p ochko to'plagan mamlakatlarga beriladi. Avvalroq qo'shimcha o'rinni Angliya olgan edi.


Manba: COPE