Isak jiddiy jarohatdan so'ng qaytishga yaqin

Sherzod Nurmatov
16 fev 2026, 19:51
"Liverpul" hujumchisi Aleksander Isak dekabrda "Tottenxem" himoyachisi Miki van de Ven bilan to'qnashuvdan so'ng safdan chiqqandi.

U mart oyidagi xalqaro o'yinlar tanaffusiga qadar maydonga qaytishni maqsad qilgan.

26 yoshli shvetsiyalik futbolchi oyog'ini sindirib olgan va to'piq hamda kichik boldir suyagida operaciya o'tkazgani sabab bir necha oy o'yinlarda ishtirok etmadi.

Klub tomonidan e'lon qilingan so'nggi suratlarda Isak qarorgohda yakka tartibda mashg'ulot o'tkazayotgani, trenajyor zalida shug'ullanayotgani va engil futbol mashqlarini bajarayotgani ko'ringan.

"The Mirror" ma'lumotiga ko'ra, Shvetsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Grem Potter Isak 26 mart kuni Ukrainaga qarshi JCH-2026 saralash o'yinida ishtirok etishiga umid qilmoqda.

Potter avvalroq bunday jarohatlardan tiklanish uzoq va murakkab jarayon ekanini takidlagan, ammo Isakning qaytish imkoniyati borligini aytgan. Isak joriy mavsum klub safida 16 o'yinda 3 ta gol urgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Mirror