

Milan klubi 25 yoshli angliyalik futbolchi bilan 2031 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi.
Avvalroq xabar berilganidek, "Liverpul" transfyerdan 32 million evro ishlab oladi. Shuningdek, kelishuvda yana 4 million evro bonuslar ko'zda tutilgan.
Jons "Liverpul" akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo'lib, asosiy jamoa safida bir necha yil to'p surdi. O'tgan mavsumda u Angliya Premer-ligasida 34 ta uchrashuv o'tkazib, 1 ta gol va 2 ta golli uzatma qayd etgan.



