Ibragimovich La Liga, Premer-liga va A Seriyada o'ynash o'rtasidagi farqlarni tushuntirdi

Khoja
20 noya 2025
Futbol afsonasi Zlatan Ibragimovich uchta TOP chempionatlarni solishtirdi.

"La Ligada ular o'yinni o'ynashga harakat qilishadi. Hatto yuqori saviyada bo'lmagan jamoalar ham to'pni himoyadan boshlab, hujum qilishga harakat qilishadi.

Premer-liga yuqori suratli. U oldinga va orqaga (tezkor) harakatdan iborat. Hatto yuqori texnik saviyadagi o'yinchi bo'lsangiz ham, agar bu suratni boshqara olmasangiz, unga dosh bera olmaysiz.

Italiyada esa o'yin juda taktik, juda chuqur o'rganiladi. Hujum qilishdan ko'ra, himoyalanish muhimroq. Bu juda qiyin. Himoyaga ko'p e'tibor qaratadigan jamoaga qarshi hujumchi sifatida o'ynash oson emas".

Eslatib o'tamiz, sobiq futbolchi Italiyada "Yuventus", "Milan", "Inter" jamoalarida, Angliyada "Manchester Yunayted"da, Ispaniyada "Barselona" safida to'p surgan.


KhojaMuallif
Manba: @xayrulla_hamidov