Hindiston terma jamoasi CAFA musobaqasi uchun tarkibini e'lon qildi

Sherzod Nurmatov
25 avg 2025
Avgust oyi boshida terma jamoa boshqaruviga kelgan Holid Jamil 29 avgust kuni boshlanadigan CAFA turniri uchun qaydnomani taqdim etdi.

Darvozabonlar: Gurprit Singx ("Bengaluru"), Amrinde Singx ("Odisha"), Ritik Tivari ("Goa").

Himoyachilar: Rahul Bheke ("Bengaluru"), Roshan Singx ("Bengaluru"), Anvar Ali ("Ist Bengal"), Sandesh Jingan ("Goa"), Chinglensana Singx ("Bengaluru"), Ralte ("Bengaluru"), Muhammad Uvays ("Panjob").

Yarim himoyachilar: Nixil Prabxu ("Panjob"), Suresh Singx ("Bengaluru"), Danish Faruk ("Kerala Blasters"), Jekson Singx ("Ist Bengal"), Boris Singx ("Goa"), Ashik Kuruniyan ("Mohun Bagan"), Udanta Singx ("Goa"), Maxesh Singx ("Ist Bengal").

Hujumchilar: Irfan Yadvad ("Chennayin"), Manvir Singx ("Mohun Bagan"), Jitin Madatil Subran ("Nort-Ist Yunayted"),  Lalliansuala Chxangte ("Mumbay Siti"), Vikram Partap Singx ("Mumbay Siti").



Eslatib o'tamiz, Hindiston terma jamoasi turnirda Malayziya o'rnini egallagan bo'lib, "B" guruhida Tojikiston, Eron va Afg'oniston bilan bahs olib boradi. Bu jamoalar ishtirokidagi uchrashuvlarga Tojikiston mezbon bo'ladi.

Ushbu havola orqali CAFA musobaqasi to'liq taqvimi bilan tanishib chiqishingiz mumkin.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: the-aiff.com