

Ispaniyalik murabbiy yakshanba kuni "Chelsi"ga qarshi Premer-liga o'yini oldidan francuz futbolchisining o'yinidan hayratdaligini bildirdi.
"Sherki - men ko'rgan eng iqtidorli o'yinchilardan biri. U meni hayratda qoldirdi. Umid qilamanki, bu yerda ko'p yillar o'ynaydi, chunki u yuqori darajadagi futbolchi bo'lish uchun barcha fazilatlarga ega", – dedi Gvardiola.
Rayan Sherki o'tgan yilning iyun oyida "Lion"dan "Manchester Siti"ga qo'shilgan edi.



