Talonchilar Fransiyadagi tartibsizliklar vaqtida "Marsel" rasmiy do'konini vayron qilishdi

Sherzod Nurmatov
19 okt 2026, 15:35
"Marsel" futbol klubining rasmiy do'koni talonchilar hujumiga uchradi.

Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, etkazilgan zarar tufayli savdo nuqtasini vaqtincha yopishga to'g'ri keldi.

"Marsel" futbol klubi Kaneber ko'chasidagi rasmiy do'konimiz nishonga aylangan zo'ravonlik va talonchilik harakatlarini keskin qoralaydi. Sodir bo'lgan voqea katta moddiy zarar etkazdi, shu sababli do'konni tashrif buyuruvchilar uchun vaqtincha yopishga majbur bo'ldik. Shu bilan birga, muxlislar klubning shahardagi boshqa rasmiy do'konlariga tashrif buyurishlari mumkin", – deyiladi "Marsel" bayonotida.

17 oktyabr kuni Parij va Fransiyaning boshqa shaharlarida yonilg'i narxining oshishi hamda aholi xarid qobiliyatining pasayishiga qarshi ommaviy norozilik namoyishlari bo'lib o'tdi. OAV namoyishlarda 500 mingdan 800 minggacha odam qatnashgani haqida xabar berdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: om.fr