Geye Angliyaga qaytishi mumkin

Alisher
28 iyul 2022
PSJ yarim himoyachisi Idrissa Geye "Everton"ga o'tishga yaqin.

Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, Angliya klubi 32 yoshli senegallikning transferi bo'yicha muzokaralarning dastlabki bosqichida, ammo parijliklar futbolchini imkon qadar tezroq sotishmoqchi.

Geye "Everton"da 2016-2019 yillarda o'ynagan, shundan so'ng esa PSJga o'tgan.

Xavbek o'tgan mavsum parijliklar tarkibida 33ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 1ta assist qayd etdi. Transfermarkt o'yinchini 12 million evroga baholamoqda.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano