"G'azalkent" futbolchisi faoliyatini xorijda davom ettiradigan bo'ldi

Aziz Tukhtamuradov
3 apr 2026
Proliga vakili "G'azalkent" klubi yarim himoyachi Asilbek Abdurasulovni ijaraga berganini e'lon qildi.

18 yoshli futbolchi faoliyatini Qozog'istonning "Astana" jamoasida ijara asosida davom ettiradi.

Eslatib o'tamiz, "G'azalkent" 2007 yilda tug'ilgan Asilbekni 280 million so'm evaziga "Bunyodkor"dan sotib olgandi.

Ma'lumot uchun, "Astana" ayni paytda Qozog'iston Premer-ligasida 3 ta turdan so'ng 1-o'rinni egallab turibdi.

asilbek poster.jpg


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: