Bobur Abdurahmonov: "Ikkinchi bo'limdagi o'yinimizdan qoniqdim"

Aslanov Jasurbek
30 may 2026, 22:13
Proliga 8-turdan o'rin olgan "Paxtakor farm" – "G'azalkent" uchrashuvi 1:2 hisobida yakun topdi.

O'yindan keyin "Paxtakor farm" bosh murabbiyi Bobur Abdurahmonov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz?
- Birinchi bo'lim biroz bo'sh o'ynadik, tanaffusda qanday harakat qilish kerakligini yana futbolchilarga tushuntirdik va taktik sxemamizda o'zgarish qildik. Ikkinchi taymda yaxshiroq o'yin ko'rsatdik, vaziyatlar yaratdik, faqat bitta vaziyatdan gol ura olmadik. Umuman olganda, ikkinchi bo'limdagi o'yinimizdan ko'nglim to'ldi.

- Odatda jamoangiz 60-65 daqiqa yaxshi o'yin ko'rsatib, keyin jismoniy kuch etmasligi sabab bo'shashib qolar va o'yin oxiriga kelib gollar o'tkazardi. Bugun esa buning teskarisini ko'rdik. Jamoangiz oxirgi daqiqalarni bo'shashmay o'tkazdi.
- Birinchi taymda tartibli futbol namoyishga etishga harakat qilyapmiz. Faqat bazi uchrashuvlarda gol o'tkazib yuborganimiz tufayli yigitlarning o'ziga kelib olishi qiyin bo'ldi. Ikkinchi taymda o'yinni kuchaytirish rejasini tuzganmiz. Menimcha, futbolchilarimiz seki-asta tajriba to'plab borishyapti. Hali yaxshi o'yinlarimiz oldinda deb ayta olaman.

- "Paxtakor farm" Proliganing boshqa jamoalari singari Kubok o'yinlarida ishtirok etmadi va o'yin amaliyotisiz qoldi. Buning ta’siri qay darajada bilindi?
- Menimcha, buning ham ta’siri sezildi. O'yin payti o'z ta’siri bilindi deb o'ylayman.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia