Gari Nevill: "Ular qariyotgan bo'lsa-da, hozirgidan-da yaxshiroq o'ynashlari kerak"

Mirjalol Normatov
6 noya 2025
Gari Nevill "Manchester Yunayted"ning asosiy futbolchilarini tanqid qildi.

"Jamoaning asosi muhim ishlarni hal qilishlari kerak. Men endi "Manchester Yunayted"ga kelganimda Shmeyxel, Bryus, Pallister, Kin va Kantona jamoaning muhim futbolchilari edi.

De Ligt hamda Maguayr hozirgidan yaxshiroq o'ynashlari kerak. Ularning tajribasi qanday katta. De Ligt turli darajadagi o'yinlarni ko'p o'tkazgan, eng yuqori darajadagi bahslarni ham. Xarri Angliya termasida ko'p bahslar o'tkazgan. Yarim himoyada Brunu va Kazemiroda tajriba juda katta.

Ularga hujumda tajriba etishmayapti. Jamoaning asosiy futbolchilari - Brunu, Kazemiro, Maguayr hamda de Ligt qariyotgan bo'lsa-da, yaxshiroq o'ynashlari kerak deb hisoblayman", - dedi mankunianliklar sobiq futbolchisi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: ESPN