Emeri MYUning 96-daqiqadagi goli haqida: "Burchak zarbasida Suzukini turtishdi, boshqa mamlakatlarda bunga yo'l qo'yishmaydi"

Aslanov Jasurbek
9 noya 2026, 20:51
"Aston Villa" bosh murabbiyi Unai Emeri Angliya Premer-ligasi doirasida "Manchester Yunayted"ga qarshi kechgan va mankunianliklar 96-daqiqada hisobni tenglashtirgan o'yin (4:4) natijasidan norozi bo'ldi.

Shuningdek, ispaniyalik mutaxassis uchrashuvning bosh hakami Kris Kavananing qarorlari yuzasidan ham o'z etirozlarini bildirib o'tdi.

"Ular 96-daqiqada gol urishdi, arbitr esa olti daqiqa qo'shib bergan edi. Men o'yin allaqachon yakuniga etdi deb o'ylagandim. Jahlim chiqyaptimi? Albatta. Ikkita gol ustunligidan so'ng so'nggi daqiqada boy berilgan natija bilan kelishish juda og'ir.

Sudzuki Premer-liga talablariga hamda burchak zarbalari vaqtida raqiblar uni qanday turtishiga hali moslashishi kerak. O'yin oxirida ikkita to'p o'tkazib yuborishni qabul qilish qiyin.

So'nggi gol vaziyatida raqiblar Sudzukini turtib, unga xalaqit qilishdi. Boshqa mamlakatlarda bunday harakatlarga yo'l qo'yishmaydi, bu yerda esa - ruxsat beriladi", - dedi Emeri Sky Sports telekanaliga bergan intervyusida.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal