"Futbolni Saudiya Arabistoniga boy berdik". Blatter FIFAni tanqid qildi

Sherzod Nurmatov
14 iyul 2025
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) sobiq prezidenti Zepp Blatter futbol o'yinlari juda ko'payib ketganini ta'kidladi.

14 iyundan 13 iyulga qadar AQSHda Klublar o'rtasidagi Jahon chempionati bo'lib o'tdi. "Chelsi" finalda PSJni 3:0 hisobida mag'lub etib, turnir g'olibiga aylandi.

"Futbolni Saudiya Arabistoniga boy berdik. Ularga o'yin taklif qilishdi va ular buni qabul qilishdi. FIFAning o'zida bunga qarshilik yo'qligi ajablanarli. Futbolda o'yinlar juda ko'payib ketdi. O'sha-o'sha futbolchilar va klublar yaxshi dam ololmay, qayta-qayta azob chekmoqda. Klublar o'rtasidagi mundialda kuzatilgan meyoridan ortiq issiq sog'liq uchun ziyon va buni qabul qilib bo'lmaydi", – dedi Blatter.

Blatter 1998 yildan 2015 yilgacha FIFA prezidenti bo'lgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Athletic