

Bu haqda "Squawka" o'zining "X" ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida ma'lum qildi.
1 iyul kuni Fransiya terma jamoasi 2026 yilgi jahon chempionatining 1/16 final o'yinida Shvetsiya terma jamoasini 3:0 hisobida tor-mor etdi. Bundan avval francuzlar ushbu turnirda Norvegiya (4:1), Iroq (3:0) va Senegal (3:1) jamoalarini mag'lub etgan edi. 2022 yilgi jahon chempionati finalida esa Fransiya terma jamoasi Argentina milliy terma jamoasiga imkoniyatni boy bergandi (3:3, penaltilar bo'yicha 2:4).
2026 yilgi jahon chempionatining 1/8 finalida francuzlar yakshanba, 5 iyul kuni Paragvay terma jamoasiga qarshi maydonga tushadilar. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 02:00 da boshlanadi.



